Xotira — millat tafakkuri va ma’naviy barqarorlik omili

08.05.2026
432
Ta'lim

“9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi tinglovchilari Shahidlar xotirasi xiyobonida bo‘lib, jadid adabiyoti fidoyilari hamda Vatan ozodligi va xalq farovonligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlar xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

🔵Tadbir davomida tinglovchilar Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan inson qadrini ulug‘lash, tarixiy xotirani asrash hamda katta avlod vakillarini e’zozlashga qaratilgan davlat siyosatining mazmun-mohiyati yuzasidan fikr almashdilar.

🔵Xiyobondagi tarixiy-ma’naviy muhit, mustaqillik va milliy xotirani aks ettiruvchi yodgorliklar bilan yaqindan tanishilib, tarixiy xotira va ajdodlar jasoratiga sadoqat Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim ma’naviy ustunlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.

🔵 Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir tinglovchilarda vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat hamda tarixiy xotiraga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.