O'zaro anglashuv memorandumi imzolandi

20.06.2025
35
Xalqaro hamkorlik

Akademiya delegatsiyasi Ostona shahrida bo'lib o'tayotgan xalqaro forum doirasida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar davlat boshqaruvi, kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni institutsional asosda yo‘lga qo‘yish maqsadida Akademiyalar o‘rtasida o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.

Ushbu hujjat ilmiy-tadqiqot, qo‘shma o‘quv dasturlari, kadrlar almashinuvi hamda xalqaro tadbirlarni birgalikda tashkil etishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.