Bugun, 15-iyul kuni Akademiyada Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo'mitasi Tashkiliy departamentining Davlat xizmatini boshqarish bo'yicha byuro bosh direktori Chen Longfa hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi o‘rinbosari Po‘lat Bobojonov o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
O'zaro muloqot davomida ikki davlat rahbarlari tashabbusi bilan munosabatlarimiz yuksak darajaga ko'tarilib, hamkorlikning barcha yo'nalishlarida katta yutuqlarga erishilayotgani ta'kidlandi.
Uchrashuvda kadrlar tayyorlash borasidagi ishlarni jadallashtirish va rivojlantirish uchun o'zaro hamkorlik bitimini ishlab chiqish va imzolashga kelishib olindi.
Buning uchun Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Akademiya va "El-yurt umidi" jamg'armasi vakillaridan iborat ishchi guruhi ham tuzildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyorliklarini bildirdilar.