Akademiyada Fransiya Respublikasining elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

09.06.2025
42
Uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushez xonim hamda Akademiya rektori Jasur Salixov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Muzokaralar davomida Akademiya va Fransiya tomonlari o‘rtasida ta’lim, malaka oshirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish, “Rahbar ayollar” dasturiga xalqaro ekspertlarni jalb etish, ushbu dastur doirasida yuqori natijali tinglovchilarni Fransiyaga stajirovkaga yuborish hamda Fransiya Davlat xizmati milliy instituti (INSP) o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalarida kelishuvlarga erishildi.