“Diplomatik protokol va etiketga kirish” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi

20.02.2026
50
Davra suhbati

Akademiya tinglovchilari uchun “Diplomatik protokol va etiketga kirish” mavzusida sohada katta amaliy tajribaga ega mutaxassis Rustam Qayumov ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsi davomida diplomatik protokolning asosiy tamoyillari, rasmiy tadbirlarni tashkil etish qoidalari, xalqaro muloqot madaniyati, delegatsiyalarni qabul qilish va kuzatish tartiblari, shuningdek, davlat xizmatchilari uchun muhim boʻlgan etiket normalari atroflicha yoritildi.

Tinglovchilar real keyslar va amaliy misollar orqali protokol qoidalarining davlat boshqaruvi tizimidagi ahamiyatini chuqurroq anglash imkoniga ega boʻldilar. Muloqot jarayoni interaktiv shaklda oʻtdi, savol-javoblar va fikr almashinuvlar orqali mavzular yanada boyitildi.

Bunday mahorat darslari tinglovchilarning kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlash, ularni xalqaro maydonda munosib va yuqori madaniyatli davlat xizmatchisi sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.