Magistratura: ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim imkoniyati

01.04.2026
160
E'lon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida davlat boshqaruvi tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda kechki va masofaviy shaklda ikki yillik magistratura dasturlari joriy etildi.

Nomzodlar kontingenti davlat buyurtmasi asosida Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan shakllantirildi.
Ushbu shakllantirilgan nomzodlar Akademiyaning rasmiy https://qabul.dsba.uz onlayn platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.

Mutaxassisliklar va qabul kvotasi:
— Davlat boshqaruvi (25 ta grant, 25 ta to‘lov-kontrakt)
— Hududlarni kompleks rivojlantirish (25 ta grant, 25 ta to‘lov-kontrakt)
— Inson resurslarini rivojlantirish (10 ta grant, 10 ta to‘lov-kontrakt)
Umumiy – 120 nafar
Qabul jarayoni:
Test va suhbat bosqichlarida 2025/2026 o‘quv yili uchun kunduzgi ta’lim shakliga tasdiqlangan dastur asosida o‘tkaziladi.
Imtihon: 2026-yil 9-aprel soat 14:30 da Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida bo'lib o'tadi. (nomzodlar shaxsni tasdqilovchi hujjat bilan soat 14:00 dan kechikmay kelishlari lozim).
Suhbat o'tkazish sanasi va boshqa ma’lumotlar nomzodlarning shaxsiy akkauntlariga xabarnoma shaklida yuborilishi bildiriladi.
Batafsil va qo‘shimcha ma’lumotlar uchun :
+998 (71) 232-60-70
+998 (71) 232-61-44  raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkinligi ma’lum qilinadi