Iqlim, suv va tinchlik masalalari bo‘yicha katta menejer va maslahatchi, Stockholm International Water Institute vakili Martina Klimes Akademiya rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

27.03.2026
53
Davra suhbati

Uchrashuv davomida tomonlar davlat boshqaruvi tizimi uchun dolzarb bo‘lgan global iqlim o‘zgarishi hamda suv resurslaridan samarali foydalanish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini kengaytirish va qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, seminar va treninglar tashkil etish hamda ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Mazkur hamkorlik Akademiyaning ilmiy salohiyatini oshirish va uning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, Martina Klimes xalqaro munosabatlar sohasida falsafa doktori (PhD) darajasiga ega bo‘lib, 15 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi. U mojaro va nizolarni hal etish, ayniqsa transchegaraviy hududlarda hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida faoliyat yuritib kelmoqda. Stockholm International Water Institute doirasida u “Suv va tinchlik” strategik portfeliga rahbarlik qilib, siyosiy jihatdan murakkab hududlarda suv resurslarini boshqarish orqali barqarorlikni ta’minlashga ixtisoslashgan.