O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi binosida “Dolzarb 30 kun” va “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xususan, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilish va yozgi mavsumda belgilanmagan joylarda cho‘milishning oldini olish kabi dolzarb masalalar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Akademiya xodimlari bilan ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda yig'ilganlarga yong‘in va boshqa favqulodda holatlarda qanday harakat qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.