O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Samarqand hududiy filiallari hamda viloyat hokimligi hamkorligida Toyloq tumanida ekspress-trening tashkil etildi.
Mazkur treningda Toyloq tumani hokimligi boshqaruv apparati xodimlari hamda mahalliy tashkilotlar rahbarlari tinglovchi sifatida ishtirok etdilar.
Tadbir davomida “Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari”, “Stressni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish”, “Dunyoning mafkuraviy manzarasi, jamiyatni ma’naviy tahdidlardan asrash va buyuk ajdodlarimizning merosi” kabi mavzularda ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Ushbu ekspress-treninglar davlat xizmatchilarining nafaqat kasbiy va axloqiy saviyasini oshiradi, balki, ularning zamonaviy boshqaruv yondashuvlariga moslashuvchanligini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.