Nodavlat notijorat tashkilotlari rahbar kadrlarining malaka oshirish kursi muvaffaqiyatli yakunlandi

31.05.2025
31
Ta'lim

Akademiyada “Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqaruvi” yo‘nalishida tashkil etilgan malaka oshirish kursi muvaffaqiyatli yakuniga yetdi. Ushbu kurs davomida 83 nafar tinglovchi 17 ta dolzarb mavzu bo‘yicha nazariy bilimlarini chuqurlashtirib, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladi.

Malaka oshirish dasturi ishtirokchilarning boshqaruv salohiyati, huquqiy va moliyaviy savodxonligi, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish ko‘nikmalari, shuningdek, jamoatchilik bilan samarali muloqot olib borish mahoratini rivojlantirishga qaratildi.

Kurs yakunida tinglovchilarga sertifikatlar tantanali tarzda topshirildi. Taʼkidlash joizki, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda bunday o‘quv dasturlari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, kelgusida ham izchil davom ettiriladi.