E’LON

30.01.2026
30

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi Kompyuter va mediatexnologiyalar markazi rahbari lavozimiga tanlov e’lon qiladi.

Lavozim vazifalari:

- Kompyuter va mediatexnologiyalar markazi faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish;

- Akademiyada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va mediatexnologiyalarni rivojlantirish;

- O‘quv jarayonini raqamlashtirish, masofaviy ta’lim va multimedia resurslarini takomillashtirish;

- Video, audio va raqamli kontent tayyorlash jarayonlarini muvofiqlashtirish;

- Zamonaviy texnik vositalar, dasturiy ta’minot va server infratuzilmasidan samarali foydalanishni ta’minlash;

- Markaz xodimlari faoliyatini boshqarish, ularning ish sifatini nazorat qilish;

- Axborot xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlash.

Lavozimga qo‘yiladigan talablar:

- Oliy ma’lumot (axborot texnologiyalari, kompyuter tizimlari, mediatexnologiyalar yoki turdosh sohalar);

- Axborot texnologiyalari yoki mediasohada kamida 5 yil ish tajribasi, shu jumladan rahbarlik lavozimida kamida 3 yil;

- Kompyuter tarmoqlari, axborot tizimlari, multimedia va raqamli platformalarni chuqur bilish;

- Video va grafik tahrir dasturlari (Adobe Premiere Pro, After Effects, Photoshop va shu kabilar) bilan ishlash ko‘nikmasi;

- Zamonaviy ta’lim texnologiyalari va elektron ta’lim platformalari bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;

- Davlat tashkilotlarida ishlash tajribasi mavjud bo‘lishi afzal;

- Analitik fikrlash, tashkiliy va rahbarlik qobiliyatlari, jamoa bilan ishlash ko‘nikmasi.

Ish shartlari va Ijtimoiy imkoniyatlar:

- To‘liq ish vaqti, Dushanbadan-Jumagacha, 9:00 dan 18:00 gacha;

- O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;

- Malaka oshirish va professional rivojlanish imkoniyatlari;

- Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq;

- Ijtimoiy tо‘plam (Akademiya hududida joylashgan sport maydonlari va suv xavzasidan tо‘liq foydalanish imkoniyati yaratilgan).

Taqdim etiladigan hujjatlar:

- Ma’lumotnoma (CV);

- Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

- Mehnat faoliyatini tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud bo‘lsa).

 

Hujjatlar 2026-yil, 28-fevralgacha [email protected] pochta manzili orqali qabul qilinadi.