E’LON

05.03.2026
54
E'lon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi Davlat boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlashni ilmiy-uslubiy muvofiqlashtirish markazi bosh ilmiy xodimi lavozimiga tanlov e’lon qiladi.

Davlat boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlashni ilmiy-uslubiy muvofiqlashtirish Markazi bosh ilmiy xodimi lavozimi uchun malaka talablari:

 

1. Umumiy talablar

- Oliy ma’lumot magistr yoki unga tenglashtirilgan darajaga ega bo‘lishi.

- Davlat boshqaruvi, siyosatshunoslik, iqtisodiyot, huquqshunoslik, menejment yoki pedagogika yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha PhD (fan nomzodi) ilmiy darajasiga ega bo‘lishi, DSc (fan doktori) ilmiy darajasiga ustunlik beriladi.

- Ilmiy-tadqiqot faoliyatida kamida 5–7 yil ish tajribasi.

- Davlat boshqaruvi tizimi, normativ-huquqiy hujjatlar hamda kadrlar siyosati bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi.

 

2. Kasbiy bilim va ko‘nikmalar

- Davlat boshqaruvi tizimi, davlat xizmati va kadrlar siyosati sohasidagi amaldagi qonunchilikni mukammal bilishi.

- O‘quv dasturlari, o‘quv-metodik majmualar, davlat ta’lim standartlari va kompetensiya modellari ishlab chiqish tajribasi.

- Kompetensiyaga asoslangan ta’lim yondashuvi, strategik rejalashtirish, monitoring va baholash mexanizmlarini amaliy qo‘llay olish.

- Ilmiy tadqiqot metodologiyasi, ma’lumotlar tahlili va prognozlash usullarini bilishi.

- Ilmiy-tahliliy ishlanmalar, ekspertiza xulosalari, normativ-huquqiy takliflar va konseptual hujjatlar tayyorlash ko‘nikmasi.

- Ilmiy maqolalar, monografiyalar, metodik qo‘llanmalar va tahliliy hisobotlar tayyorlash tajribasi.

- Elektron axborot tizimlari va raqamli platformalar bilan ishlash ko‘nikmasi.

- Xalqaro tajribani o‘rganish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi (ustunlik beradi).

 

3. Normativ-huquqiy bilimlar

- O‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruvi va davlat xizmati sohasidagi qonunchiligi.

- Ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik hamda malaka oshirish tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlar.

- Ilmiy faoliyat va innovatsiyalarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar.

 

4. Shaxsiy va professional kompetensiyalar

- Tizimli va analitik fikrlash qobiliyati.

- Ilmiy-uslubiy jarayonlarni muvofiqlashtirish va boshqarish ko‘nikmasi.

- Jamoa bilan ishlash va ilmiy rahbarlik qilish tajribasi.

- Yuqori darajadagi yozma va og‘zaki nutq madaniyati.

- Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va strategik qaror qabul qilish qobiliyati.

5. Til talablari

- O‘zbek va rus tillarini mukammal bilish.

- Ingliz tilini bilish (ustunlik beradi).

Biz taklif qilamiz:

- Barqaror ish joyi

- O‘z vaqtida beriladigan oylik maosh

- Ijtimoiy to‘plam (Akademiya hududida joylashgan suv xavzasi, sport zali, bepul tibbiy yordam)

- Professional rivojlanish imkoniyati

Tanlovda ishtirok etish uchun zarur hujjatlar:

- Ma’lumotnoma (namunaga asosan);

- Diplom va ilovalari nusxasi;

- Boshqa hujjatlar (sertifikatlar mavjud bo‘lsa).

Barcha hujjatlar [email protected] pochta manzili orqali 2026 yilning 31 mart kuniga qadar qabul qilinadi.