E’LON

05.03.2026
67
E'lon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi Onlayn ta’lim va masofaviy o‘qitish markazi tuzilmasida bo‘sh (vakant) bo‘lgan bosh metodist lavozimiga tanlov e’lon qiladi.

 Onlayn ta’lim va masofaviy o‘qitish markazi  bosh metodist lavozimi uchun malaka talablari:

1. Ma’lumoti:

- Oliy (bakalavr magistr) ma’lumotli (pedagogika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, davlat boshqaruvi, iqtisodiyot yoki tegishli yo‘nalishlarda);

- Masofaviy ta’lim yoki raqamli ta’lim texnologiyalari bo‘yicha qo‘shimcha sertifikati mavjudligi ustunlik beradi.

2. Ish tajribasi:

- Kamida 2–3 yil pedagogik, metodik yoki axborot texnologiyalari sohasida ish tajribasi;

- Davlat idoralarida ishlash tajribasiga ega bo’lishi;

- Jamoada ishlash, kommunikativ, tashabbuskorlik konikmasiga ega;

- Shuningdek, masofaviy ta’lim platformalari bilan ishlash tajribasi maqsadga muvofiq.

3. Kasbiy bilim va ko‘nikmalar:

- Masofaviy ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish;

- LMS (Learning Management System) platformalarida ishlash;

- O‘quv-metodik hujjatlar (o‘quv reja, dastur, ma’ruza matni, videodars ssenariysi, ppt taqdimot, test va imtihon materiallari) ishlab chiqish;

- Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun ta’lim kontentlarini yaratish;

- Tahliliy ma’lumotlar, hisobotlar va taqdimotlar tayyorlash;

- “edo.ijro.uz” tizimi orqali keladigan hujjatlar bilan ishlash;

- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalanish;

- MS Office dasturlari, taqdimot va videomontaj dasturlari bilan ishlash ko‘nikmasi.

4. Asosiy xizmat vazifalari:

- Markaz faoliyati yuzasidan topshiriqlarni bajarishda rahbarga ko‘maklashish;

- Masofaviy ta’lim platformalarida ta’lim jarayonlarini tashkil etish va yuritish;

- Turli sohalar ehtiyojidan kelib chiqib va topshiriqlarga asoasan ta’lim kontentlarini yaratish;

- O‘quv-metodik materiallar tayyorlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

- Markaz ish rejasi va hisobotlarini tayyorlash;

- Har chorak va yil yakuni bo‘yicha tahliliy ma’lumot va takliflar kiritish;

- Akademiya professor-o‘qituvchilari, doktorant va tadqiqotchilarining takliflarini o‘rganish;

- Mahalliy va xorijiy davriy nashrlar hamda elektron resurslarga obunani tashkil etish.

     Biz taklif qilamiz:

- Barqaror ish joyi

- O‘z vaqtida beriladigan oylik maosh

- Ijtimoiy to‘plam (Akademiya hududida joylashgan suv xavzasi, sport zali, bepul tibbiy yordam)

- Professional rivojlanish imkoniyati

Tanlovda ishtirok etish uchun zarur hujjatlar:

- Ma’lumotnoma (namunaga asosan);

- Diplom va ilovalari nusxasi;

- Boshqa hujjatlar (sertifikatlar mavjud bo‘lsa).

Barcha hujjatlar [email protected] pochta manzili orqali 2026 yilning 31 mart kuniga qadar qabul qilinadi.