E'lon

23.10.2025
45
E'lon

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida 2026-yil oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim institutiga qabul haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi 2026-yil uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) ва Stajyor-tadqiqotchi (ST) bosqichlariga o‘qishga qabul boshlanganini ma’lum qiladi.

TAYANCH DOKTORANTURA (PhD):

(ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish uchun)

07.00.09 – Davlat siyosati va boshqaruvi tarixi – 1 ta o‘rin;
08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit – 2 ta o‘rin;

08.00.13 – Menejment – 2 ta o‘rin;

08.00.19 –  Davlat boshqaruvining iqtisodiy asoslari – 1 ta o‘rin;

12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi – 1 ta o‘rin;
12.00.17 – Davlat boshqaruvining huquqiy asoslari– 1 ta o‘rin;
22.00.01 – Sotsiologiya nazariyasi, metodologiyasi va tarixi. Sotsiologik tadqiqotlar usullari – 2 ta o‘rin;

22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi– 2 ta o‘rin;

22.00.03 – Ijtimoiy ong va ijtimoiy jarayonlar sotsiologiyasi – 1 ta o‘rin;

22.00.05 – Davlat siyosati va boshqaruvi sotsiologiyasi – 1 ta o‘rin;

23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar – 1 ta o‘rin;

23.00.06 – Davlat siyosati va boshqaruvi asoslari – 1 ta o‘rin.

Talab qilinadigan hujjatlar:

  • Ariza;
  • Qisqacha biografik maʼlumot;
  • Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risida diplom nusxasi*;
  • Nashr etilgan ilmiy ishlar nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
  • Xorijiy til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat.