KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

20.08.2025
49
Xalqaro hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Akademiya rektori Jasur Salixov hamda O‘zbekistondagi Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) direktori Shin Myong Sop o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida 2026-2030-yillarda Akademiya va KOICA o'rtasida amalga oshirilishi kutilayotgan grant loyihasining istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, KOICAning amaliy ko‘magi ostida tashkil etilgan “Kelajak liderlari” dasturini yanada rivojlantirish hamda yangi yo‘nalishlar bilan boyitish yuzasidan kelishuvga erishildi. Uchrashuv yakunida tomonlar Akademiya va KOICA o‘rtasidagi hamkorlikni strategik jihatdan yangi bosqichga olib chiqish, qo‘shma amaliy dasturlarni amalga oshirish va o‘zaro tajriba almashish jarayonlarini kengaytirish masalalarida muhim kelishuvlarga erishildi.