Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–78-sonli Farmoni bandlari ijrosi doirasida universitetlararo ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

19.02.2026
37

Yig‘ilishni Akademiya prorektori R.Shirinova olib bordi hamda tadbirdan ko'zlangan maqsad davlat boshqaruvi uchun tahlil, ma’lumotlar bilan ishlash va strategik fikrlashga asoslangan yangi avlod kadrlarini tayyorlash tizimini amaliy bosqichga o‘tkazishga qaratilganini alohida ta'kidladi.

Oliy ta’lim muassasalarida biznes-tahlil va katta ma’lumotlar tahlili, xalqaro munosabatlar tahlili, huquqiy-siyosiy tadqiqotlar, ijtimoiy-diniy jarayonlar tahlili hamda ekologik tahlil yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv jarayonlarini muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Kompetensiyalar markazi tomonidan yagona metodik standartlarni joriy etish, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantirish va professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Tadbir Farmon doirasida davlat boshqaruvida tahliliy qarorlar sifatini oshirishga xizmat qiluvchi yagona kadrlar ekotizimini shakllantirishga qaratildi.