Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida mustaqil izlanuvchilikka qabul boʻyicha kirish imtihonlari 2026-yil 22-may kuni soat 14:00 da oʻtkazilishi belgilangan.

21.05.2026
156
E'lon

📅 2026-yil, 22-may — soat 14:00

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida mustaqil izlanuvchilikka qabul

Kirish imtihonlari  ·  Ikki bosqichli baholash  ·  Jami 200 ball

I bosqich — 100 ball
Mutaxassislik fanlaridan og'zaki imtihon
II bosqich — 100 ball
Dissertatsiya rejasining mufassal loyihasini taqdimot qilish

Dissertatsiya loyihasini baholash mezonlari

# Mezon nomi Mazmuni Ball
1 Mavzuning dolzarbligi va ilmiy asoslanishi Tanlangan mavzuning ixtisoslik shifriga mosligi, fan sohasi uchun ahamiyati, muammoning ilmiy asoslangani, yangi yechimlar zarurligi 0–15
2 Maqsad va vazifalarning aniqligi Ilmiy ishning maqsadi ravshan va aniq ifodalangani, vazifalarning maqsadga mosligi va mantiqiy bog'liqligi 0–15
3 Metodologiya va ilmiy usullarning asoslangani Tadqiqotda qo'llanadigan ilmiy usullar (tahlil, sintez, modellashtirish, statistik tahlil) maqsad va vazifalarga mos tanlangani 0–10
4 Amaliyotga tatbiq etish imkoniyati Natijalarni amaliyotda qo'llash imkoniyati, ilmiy tavsiyalar yoki yechimlarning foydali qiymati 0–10
5 Tadqiqot bosqichlari va bajarish rejasi Ishni amalga oshirish bosqichlari aniq va mantiqiy ketma-ketlikda ifodalangani, muddatlar realligi 0–10
6 Kutilayotgan ilmiy natijalarning aniqligi Natijalarning ilmiy jihatdan asoslangani, ularning tekshirish va isbotlash imkoniyati 0–10
7 Loyihaning tuzilishi va rasmiylashtirish sifati Loyiha tuzilishi, til uslubi, mantiqiy ketma-ketlik, ilmiy uslubiy talablarga muvofiqligi 0–10
8 Axloqiy va etika talablariga rioya qilish Plagiat holatlariga yo'l qo'yilmagani, ma'lumotlardan to'g'ri foydalanish va etik me'yorlarga rioya qilish 0–10
9 Adabiyotlar tahlili va manbalar bazasi Ilmiy adabiyotlar, milliy va xorijiy manbalarning yetarliligi, yangiligi va ilmiy darajasi 0–5
10 Tadqiqot obyekti va predmetining to'g'ri belgilanishi Obyekt va predmetning aniq belgilangani, ularning mavzudagi o'rni aniq ko'rsatilgani 0–5
Jami maksimal ball (II bosqich) 100 ball