Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Ilmiy-uslubiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi.

13.03.2026
88
Ta'lim

Majlis davomida turli ixtisosliklar bo‘yicha tayyorlangan dissertatsiya ishlari muhokama qilindi hamda ularning ilmiy va amaliy ahamiyati yuzasidan fikr almashildi. Xususan, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti mustaqil izlanuvchisi Kamola Jo‘rayeva tomonidan “Zamonaviy xalqaro munosabatlarda Kaspiy mintaqasining geosiyosiy muammolari” mavzusidagi dissertatsiya yetakchi tashkilot sifatida muhokama qilindi.

Shuningdek, Akademiya mustaqil izlanuvchisi Asqar Mingboyev tomonidan “O‘zbekistonda narxlarni monopoliyaga qarshi tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi, tayanch doktorant Sitora Negmatova tomonidan “Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati kafolatlarining tashkiliy-huquqiy asoslari” mavzusidagi hamda mustaqil izlanuvchi Jasur Rahimov tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish orqali investitsiya faolligini oshirish yo‘llari” mavzusidagi dissertatsiya ishlarining dastlabki ekspertizasi ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar jarayonida dissertatsiya ishlarining dolzarbligi, tadqiqot metodologiyasi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati yuzasidan keng fikr almashilib, ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.