Tadbirda harbiy xizmatchilar tomonidan tematik qo’shiqlar, ochiq maydonda harbiy texnika va qurol-yarog‘ namunalari ko‘rgazmasi tashkil qilinidi. Faxriy qorovul hamda tezkor bo‘linmalar vakillari tomonidan intizom va tayyorgarlikni aks ettiruvchi maxsus chiqishlar amalga oshirildi.
Rasmiy marosimda Akademiya rahbariyati va hamkor tashkilotlar vakillari tinglovchilarga Vatan himoyachilarining mamlakat barqarorligi va jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni haqida fikr bildirdi.
Tadbir ishtirokchilari bunday tashabbuslar fuqarolik mas’uliyati va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etdilar.