Yoshlar parlamenti a'zolariga sertifikatlar topshirildi

31.05.2025
39
Ta'lim

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zolari uchun tashkil etilgan “Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish” yo‘nalishi doirasida malakasini muvaffaqiyatli oshirgan bir guruh tinglovchilarga Akademiya rektori Jasur Salixov tomonidan sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Ushbu kurs yoshlarning huquqiy bilimlarini chuqurlashtirish va davlat boshqaruvi tizimidagi faoliyatlarida yanada samarali ishtirok etishlariga imkon yaratish maqsadida tashkil etildi. Sertifikat topshirish marosimida so‘zga chiqqan rektor Jasur Salixov tinglovchilarni tabriklab, ularning jamiyatda faol va mas'uliyatli shaxs sifatidagi o‘z o‘rinlarini mustahkamlashlariga tilakdosh ekanligini ta'kidladi.

Mazkur ta’lim dasturi yoshlar parlamenti a'zolarini siyosiy savodxonligini oshirish bilan birga, ularni kelajakdagi yetakchi va davlat boshqaruvi uchun samarali mutaxassis bo‘lib shakllantirishga qaratilgan.