“Avtomobillarsiz kun” – 22-sentabrda O‘zbekistonda nishonlanadi

19.09.2025
31
Ta'lim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi masalalariga bag‘ishlangan muhim sanalar bo‘yicha tadbirlar kalendar rejasiga muvofiq, joriy yilning 22-sentabr kuni mamlakatimizda “Avtomobillarsiz kun” (“World Carfree Day”) nishonlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi masalalariga bag‘ishlangan muhim sanalar bo‘yicha tadbirlar kalendar rejasiga muvofiq, joriy yilning 22-sentabr kuni mamlakatimizda “Avtomobillarsiz kun” (“World Carfree Day”) nishonlanadi

Mazkur tashabbus doirasida “Mashinangizni uyda qoldiring!”, “Piyoda bo‘ling — toza havodan nafas oling!” shiorlari ostida respublikaning barcha hududlarida turli aksiya va tadbirlar tashkil etiladi.

Unga ko‘ra, vazirlik va idoralar, tashkilot va korxonalarning rahbar hamda xodimlari faoliyatini shu kuni imkon qadar velosiped yoki ekologik transport vositalaridan foydalanib amalga oshirishlari targ‘ib qilinmoqda.

Tadbirning asosiy maqsadi — aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, havoning ifloslanishini kamaytirish va barqaror rivojlanishga hissa qo‘shishdir.

Shu kuni Akademiya xodimlari ham shaxsiy avtomobillardan foydalanmasdan, jamoat transporti, velosiped yoki atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan boshqa transport vositalaridan foydalanishi rejalashtirilgan.