Bugundan boshlab O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi (DSBA)da davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonlarining so'nggi— ochiq suhbat bosqichi boshlandi

27.04.2026
203
E'lon

Bugundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi (DSBA)da davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonlarining so'nggi— ochiq suhbat bosqichi boshlandi

Talabgorlarga suhbat kuni hamda vaqti haqida Akademiyaning rasmiy qabul.dsba.uz onlayn platformasi orqali xabarnoma yuborilgani ma'lum qilinadi!

Talabgorlar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta asl nusxasi) olib kelishlari eslatib o'tiladi.

Suhbat jarayonlarini bevosita live rejimida Akademiyaning rasmiy YouTube manzili orqali kuzatib borishingiz mumkinligi ma’lum qilinadi!

Murojaat uchun: +998 (71) 232-60-70

Barcha talabgorlarga o'z bilimiga bo'lgan ishonch va muvaffaqiyat tilaymiz!