Bugun ham Akdemiya tinglovchilari o'zlari o'qigan navbatdagi o‘zbek va jahon adabiyoti durdona asarlaridan haqida taqdimotlar orqali fikr almashdilar.

12.03.2026
39
Ta'lim

Taqdimotlar davomida tinglovchilar mashhur adib va mutafakkirlarning asarlarini tahlil qilib, ularning g‘oyaviy mazmuni, tarixiy ahamiyati hamda bugungi jamiyat uchun dolzarb jihatlari yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Jumladan, Odil Yoqubov, Murod Muhammad Do‘st, Pirimqul Qodirov, O‘tkir Hoshimov, Chingiz Aytmatov, Albert Camus, Faust hamda Gabriel García Márquez asarlari yuzasidan mazmunli taqdimotlar qilindi.

Badiiy adabiyot mutolaasi tinglovchilarda strategik tafakkur, analitik va tanqidiy fikrlash, nutq va kommunikatsiya madaniyati, shuningdek, ma’naviy-axloqiy yetuklik kabi muhim kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilishi alohida qayd etildi.