Ohangaron shahrida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi

19.07.2025
37
Hududlarga tashrif

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri, iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi — Aktam Xolov, shuningdek, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori, falsafa fanlari doktori, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira — Sayyora To‘ychiyeva bugungi kun mavzusiga oid ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

“Siyosiy-ma’rifat soati” tadbiri onlayn formatda — “ZOOM” platformasi orqali tashkil etildi. Unda viloyatdagi 22 ta tuman va shahar hokimlari, ularning o‘rinbosarlari, 1025 ta mahallaning “yettilik” tarkibi vakillari — jami 10 mingga yaqin faollar faol ishtirok etdilar.