Monitoring doirasida tayanch doktorantlar va doktorantlarning yakka tartibdagi rejalari ijrosi, dissertatsiya ishlari, ilmiy maqolalar tayyorlash va nashr etish faoliyati hamda ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar kompleks tarzda baholandi.
Shuningdek, ilmiy faoliyat natijalarini Akademiyaning ichki axborot platformasi bilan bir qatorda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona elektron tizimi — daraja.ilmiy.uz platformasiga kiritish orqali ilmiy jarayonlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida ilmiy izlanishlar samaradorligini baholash hamda dissertatsiya tadqiqotlari bajarilish holatini o‘rganishga qaratilgan navbatdagi monitoring jarayoni bo‘lib o‘tdi.
10.07.2026
67