O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida magistratura xodimlari va tinglovchilari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi.
Tadbirda 10 dan ortiq jamoalar bilim va mantiqiy fikrlash borasida o‘zaro bellashdi. Shaffoflik va halollik tamoyillari asosida tashkil qilingan ma’rifiy tadbir g‘olibini aniqlash uchun qo‘shimcha savollar berish zarurati yuzaga keldi. Jamoalar o‘rtasida qizg‘in bahs-munozaralar kuzatildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Konstitutsiya bayramini munosib nishonlash, ta’lim jarayonida tinglovchi va ustozlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, ochiq va konstruktiv muloqot maydonini yaratish, shuningdek, tinglovchilarda tanqidiy tahlil, tezkor fikrlash va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat ekani alohida ta’kidlandi.
Eng faol jamoalar aniqlanib, g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.