2025-yil 23-iyundan 3-iyulgacha Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ofitserlari uchun “Zamonaviy boshqaruv va boshqaruv mahorati” mavzusida navbatdagi malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Ushbu kursda jami 25 nafar ofitser ishtirok etdi. Dastur davomida zamonaviy boshqaruv tamoyillari, strategik fikrlash, rahbarlik kompetensiyalari, jamoani samarali boshqarish, shuningdek, raqamli texnologiyalar va innovatsion yondashuvlardan foydalanish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.
Kurs yakunida tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.