Akademiyada “Ayol, biznes, innovatsiya” o‘quv-seminari bo'lib o'tdi

15.08.2025
38
Ta'lim

14–15 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida — Hamroh kompaniyasi, BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda “Ayol, biznes, innovatsiya” mavzusidagi respublika forumi va ikki kunlik o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarning ilk kunida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova, Hamroh xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi bosh direktori Dilfuza Nurmatovalar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.

Mazkur o‘quv seminari O‘zbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ularning innovatsion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish hamda davlat va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.