Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi tinglovchilari uchun Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega tashrif tashkil etildi.

24.01.2026
37
Ta'lim

Islom sivilizatsiyasi markazi — xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, boy ilmiy va ma’naviy merosini o‘zida mujassam etgan noyob ilmiy-ma’rifiy maskandir.

Ushbu dargohda Akademiyaning bir guruh tinglovchilari:
— Markazning tashkil etilish tarixi;
— uning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni;
— buyuk allomalar va mutafakkirlar merosi;
— O‘zbekistonning 3 ming yillik davlatchilik tarixi;
— Birinchi va Ikkinchi Renessans, shuningdek, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tinglovchilar tashrifni bo‘lajak rahbarlar uchun muhim ma’naviy saboq markazi sifatida baholadilar. Shu bilan birga Davlat boshqaruvida adolat, mas’uliyat va insoniylik tamoyillari asrlar davomida shakllanganini anglashga, qaror qabul qilishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish zarurligini his etishga xizmat qilishini e’tirof etdilar.

Magistrlar Akademiya rahbariyatiga ushbu tashrif buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat, Vatanga sadoqat, xalq manfaatiga xizmat qilish va kelajak oldidagi mas’uliyat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga asos yaratganini ta’kidlab minnatdorlik bildirdilar.