O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida “O‘zbekekspertiza” AJ xodimlari uchun “Sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish” mavzusidagi qisqa muddatli malaka oshirish kursi tashkil etildi.

12.05.2026
875
Ta'lim

30 soatlik dastur doirasida 20 nafar tinglovchi sun’iy intellekt texnologiyalarining zamonaviy imkoniyatlari, ularni ekspertiza jarayonlariga tatbiq etish mexanizmlari, ma’lumotlarni tahlil qilish hamda raqamli vositalardan samarali foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladi.

Ta’lim jarayoni “ta’lim – tadqiqot – amaliyot” integratsiyasi asosida tashkil etilib, amaliy topshiriqlar va real holatlar tahlili orqali kasbiy kompetensiyalar yanada rivojlantirildi.

Kurs davomida shakllangan bilim va ko‘nikmalar xodimlarning tahliliy salohiyatini oshirish, raqamli vositalardan samarali foydalanish madaniyatini rivojlantirish hamda ekspertiza jarayonlariga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etishga xizmat qiladi.