Uchrashuv davomida bitiruvchilar o‘zlari tahsil olgan yillarni yodga olib, Akademiyada olgan bilim va ko‘nikmalarining bugungi kasbiy faoliyatlaridagi o‘rni va ahamiyati haqida fikr almashdilar. Samimiy suhbatlar va iliq xotiralarga boy kechgan tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Mehmonlar Akademiyada keyingi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar hamda ta’lim jarayonidagi yangiliklar bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv doirasida bitiruvchilar Akademiyaga o‘zlarining ezgu ehtirom va minnatdorlik ramzi sifatida esdalik sovg‘asini taqdim etdilar. Ular ushbu sovg‘a orqali o‘zlari tahsil olgan dargohga bo‘lgan hurmat va sadoqatini ifoda etib, Akademiyaning kelgusi rivojiga doimiy xayrixoh ekanliklarini ta’kidladilar.
Bunday uchrashuvlar bitiruvchilar va Akademiya o‘rtasidagi uzviy aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish hamda ta’lim muassasasining boy an’analarini davom ettirishga xizmat qiladi.