Kuni kecha Akademiyada davlat organlarida inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalari rahbarlari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan mazkur seminarda mahalliy hokimliklar hamda vazirlik va idoralar kadrlar bo‘linmalari rahbar va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Seminardan ko'zlangan asosiy maqsad Prezidentimizning PF–77, PF–78 va PF–95-sonli Farmonlarida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirishda xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishdir.