Taʼlim — tadqiqot — amaliyot maktablarinig yangi bosqichi shakllantirilmoqda

16.01.2026
48
Ta'lim

Akademiya faoliyatiga doir Farmonda belgilangan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, magistratura tinglovchilari va xodimlari uchun zamonaviy rahbar kadrlar ishtirokida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari, adliya katta maslahatchisi Artikova Svetlana Baymirzayevna ishtirok etib, “Shaxsning jamiyatdagi o‘rni” mavzusidagi ma'ruza bilan ochiq  muloqot maydonini yaratdi.

Mahorat darsi davomida jamiyatda shaxs mas’uliyati, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, davlat boshqaruvida qonun ustuvorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirda Akademiya tinglovchilarining nazariy bilimlari amaliy tajriba bilan uyg'unlashtirilayotgani, ularning kelgusida etuk rahbar kadr bo'lib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etishi alohida e'tirof etildi.