O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi hamda Boshqaruv samaradorligi agentligi hamkorligida Qoraqalpog‘iston Respublikasida hududiy davlat boshqaruvi organlari xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

18.06.2026
102
Ta'lim

Tadbir davomida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy rahbarlik kompetensiyalarini rivojlantirish, Akademiyada amalga oshirilayotgan ta’lim va ilmiy loyihalar hamda davlat xizmati uchun rahbar kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.

Shuningdek, hududlarda kadrlar salohiyatini mustahkamlash, istiqbolli kadrlarni aniqlash va ularni rivojlantirish, davlat boshqaruvi tizimida zamonaviy boshqaruv kompetensiyalarini keng joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur uchrashuv davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini oshirish, professional rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda ta’lim, ilmiy tadqiqot va amaliyot integratsiyasini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.