O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida professor-o‘qituvchilar, magistratura tinglovchilari hamda xodimlar ishtirokida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir orqali birgalikda kuzatildi.
Murojaatnomadan so‘ng Akademiyada Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalarida maxsus chiqishlar va ekspert sharhlari tashkil etildi. Ularda professor-o‘qituvchilar hamda tinglovchilar tomonidan Murojaatnomada ilgari surilgan tashabbus va vazifalar yuzasidan tahliliy fikr-mulohazalar bildirildi, shuningdek, kelgusida ularni o‘quv jarayoni, ilmiy tadqiqotlar va amaliy faoliyatga integratsiya qilish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi.