O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tanishuv tashrifi amalga oshirildi.

13.12.2025
45
Uchrashuv

Tashrif doirasida tomonlar o‘rtasida ishchi uchrashuv o‘tkazilib, ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Uchrashuv chog‘ida Huquqni muhofaza qilish akademiyasining ta’lim dasturlari, ilmiy-tadqiqot infratuzilmasi hamda o‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar bilan yaqindan tanishildi.

Imzolangan memorandum yuqori malakali professional kadrlarni tayyorlash, davlat boshqaruvi sohasida me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tadbiq etish qo‘llash amaliyotining dolzarb masalalari bo‘yicha qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, akademik mobillikni kuchaytirish, shuningdek, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish va nashr etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Mazkur kelishuv ikki akademiya o‘rtasidagi ilmiy va amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ilmiy-ta’lim muhitini mustahkamlash hamda kadrlar salohiyatini oshirish uchun mustahkam asos yaratadi.