Uchrashuv davomida Nodirbek Abdusattorov o‘zining shaxmatdagi ilk qadamlari, muvaffaqiyatga erishish yo‘li va xalqaro maydondagi tajribasi haqida so‘zlab berdi. U o‘z yutuqlarida ota-onasining qo‘llab-quvvatlashi va tarbiyasi muhim o‘rin tutganini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, iqtidorli kadrlarni yetishtirishda iste’dodni o‘z vaqtida kashf etish, uni to‘g‘ri yo‘naltirish va qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Tadbir ishtirokchilarning qiziqarli savol-javoblari bilan davom etdi. Uchrashuvning amaliy qismida esa Nodirbek Abdusattorov bir vaqtning o‘zida 5 nafar ishtirokchi bilan shaxmat o‘ynab, o‘z mahoratini namoyish etdi.
Bunday uchrashuvlar tinglovchilar uchun nafaqat ilhom manbai, balki maqsad sari intilish, mehnat va matonatning ahamiyatini anglashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.