"BRIDGE 5+1" loyihasi doirasida xalqaro stajirovkalar davom etmoqda.

09.07.2026
55

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi vakillari Italiyaning "BRIDGE 5+1" loyihasi doirasida tashkil etilgan "School of Policy on Connectivity and Infrastructures" xalqaro stajirovkasida ishtirok etdilar. 
Ma’lumot uchun:
Akademiyasi hozirgi kunda Italiyaning Ca’ Foscari University of Venice, University of Milano-Bicocca, University of Bologna hamda Sapienza University of Rome kabi nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda xalqaro stajirovkalarni yo‘lga qo‘yib kelmoqda. 

Xalqaro stajirovka Italiyaning nufuzli Sapienza University of Rome universitetida tashkil etildi. Unda Markaziy Osiyo davlatlari hamda Italiya vakillari transport siyosati, logistika, infratuzilma loyihalarini boshqarish va hududiy bog‘liqlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan tajriba almashdilar.

O‘quv dasturi davomida transport infratuzilmasini strategik rejalashtirish, transport koridorlarining raqobatbardoshligini oshirish, Cost-Benefit Analysis (CBA), Multi-Criteria Analysis (MCA), yuqori tezlikdagi temir yo‘llarni boshqarish hamda raqamli boshqaruv yechimlariga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar tashkil etildi.