O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida rektor Jasur Salixov boshchiligida O‘zbekiston Lizing uyushmasi raisi Zafarjon Mustafayev ishtirokida “O‘zbekistonda lizing faoliyati va raqamlashtirish istiqbollari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

08.05.2026
490
Davra suhbati

Muloqot davomida tinglovchilar davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotgan iqtisodiyotni raqamlashtirish, moliyaviy xizmatlar samaradorligini oshirish hamda boshqaruv tizimiga zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, tadbir doirasida soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ekspert tinglovchilar bilan lizing faoliyatining zamonaviy mexanizmlari, raqamli yechimlar, sohadagi yangicha yondashuvlar hamda amaliy tajribalar borasida fikr almashdi.
Mazkur uchrashuvlar Akademiyada ta’lim va amaliyot uyg‘unligi tamoyillari asosida tashkil etilib, davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va raqamli transformatsiya yo‘nalishlarida zamonaviy kompetensiyalarga ega kadrlar tayyorlash tizimini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.